YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING INTENSIV VA INNOVATSION YECHIMLARI (XORIJ DAVLATLARI MISOLIDA)

Annotatsiya

Yerlar degradatsiyasi — bu yerning tabiiy holatidan chiqib, undan unumli foydalanish imkoniyatlarining kamayishi yoki yo‘qolishi jarayonidir. Yer degradatsiyasining turli shakllari mavjud, jumladan, eroziya, tuzlanish, sho‘rlanish, kimyoviy ifloslanish, o‘simlik qoplami yo‘qolishi va boshqa jarayonlar. Yerning unumdorligi kamaygan sari qishloq xo‘jaligi va ekosistemalarning barqarorligi xatar ostiga tushadi. Buning oldini olish va yerlarni qayta tiklash uchun intensifikatsiya va innovatsiyalar zarur. Ushbu maqolada yerlardegradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, texnologik yondoshuvlar va amaliy misollar keltiriladi.

Mualliflar