Jurnal O'zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2019 yil 10 yanvarda 1006 - raqam bilan ro'yxatga olingan.
Maqsadi. Respublikamizdagi mavjud yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yer munosabatlarini tartibga solish va boshqarish bilan bog‘liq islohotlar jarayonini, sohaga doir yangiliklar, ilmiy-amaliy ishlar, innovatsion g‘oyalar va ishlab chiqarishdagi yutuqlarni, shuningdek tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ilg‘or tajribalarini targ‘ib qilish va ommalashtirish.
Vazifalari. Jurnal sahifalarida yer tuzish, yer monitoringi, yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish, geodeziya kartografiya va kadastr, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tuproqshunoslik yo‘nalishlariga doir ilmiy ishlarni va ilm-fan yutuqlariga asoslangan innovatsion ishlanmalarni hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi va boshqa tegishli idoralarning faoliyat yo‘nalishlarini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarish bilan bog‘liq qonunlar, farmonlar, qarorlar, nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan olib boriladigan fundamental, ilmiy va amaliy ishlarni, shuningdek tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi yutuq va tajribalarini, sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarini berib borish.
Yer munosabatlarini boshqarish va tartibga solishga doir xalqaro hamkorlik, xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan maʼlumotlarni yoritish.
Ixtisoslashuvi. O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, biologiya, iqtisodiyot, texnika, geografiya va arxitektura fanlari bo'yicha disertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etiladigan milliy ilmi nashrlar ro'yxatiga kiritilgan va yuqorida qayd etilgan yo'nalishlarga oid yer munosabatlari bilan bog‘liq mavzulardagi fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion ishlarni chop etadi.