“O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy va innovatsion jurnalida maqola chop etish uchun qo‘yiladigan
TALABLAR
Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
1. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy va innovatsion jurnalining ruknlariga mos kelishi shart.
2. O‘zbek tilidagi maqolalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi va taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Maqola xalqaro andozalarga muvofiq qo‘yidagi talablarga javob berishi lozim:
- Maqola mavzusi
- Maqola mualif (lar) i to‘g‘risida ma’lumot
- Maqola annotatsiyasi
- Kalit so‘zlar
- Kirish
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Maqolani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Matn – Microsoft Word -2003.
Maqola matni chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2sm qoldiriladi.
Shrift – Times New Roman.
Maqola matni shriftining kattaligi – 14;
Qatorlar oralig‘i – 1,5;
Xat boshi – 1,25.
Muallifning ismi, familyasi, otasining ismi, ish joyi (o‘qish joyi), lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumot maqola yuqori qismining o‘ng tarafiga kichik harflarda, o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kursiv (Shriftning kattaligi - 14. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) bilan yoziladi.
- Maqolaning nomi o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 14) – bosma xarflarda markazda qo‘yiladi.
- Qisqacha annotatsiya o‘zbek, rus, inglis tillarida (Shriftning – 12. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) yozilishi lozim. So‘zlar soni 60-80 tani tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
- Kalit so‘zlar – (6 – 10 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
- Maqola mavzusiga mos UO‘T indeksi birinchi sahifaning chap burchagiga qo‘yiladi.
- Matndagi havolalar qo‘yidagi tartibda shakllantiriladi; [1] yoki
[2, S.170] yoki [3,S.132, 185, 193].
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida (Times New Roman; 12shrift; 1.0 interval) ko‘rsatilishi lozim.
- Tayyor maqolaning hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
Nashr uchun tayyor maqola 2 nusxada ekspert xulosasi va elektron varianti bilan qabul qilinadi.