XORAZM VILOYATI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDAN FOYDALANISHDAGI KAMCHILIKLAR

Annotatsiya

Respublikamizda so‘nggi yillarda yer va suv munosabatlarini

takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va

ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, sug‘oriladigan ekin yerlaridan

samarali foydalanish hamda, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor

mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, bo‘yicha tizimli

choralar amalga oshirilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarning bugungi holati, yerlardan

foydalanishdagi mavjud kamchiliklar o‘rganilib ushbu yer va suv resurslaridan samarali

foydalanish yo‘llari tahlil qilinib, meliorativ holati hamda, ushbu yerlardan samarali

foydalanish bo‘yicha masalalar yoritildi. Geografik axborot tizimlari foydalanib tuproq

sho‘rlanish xaritasi yaratildi va sho‘r yuvish sxemasi hamda undan foydalanish bo‘yicha

tavsiyalar berilgan.


Mualliflar