SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASH, MONITORINGINI YURITISH: USULLAR, YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA ILMIY YECHIMLAR
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy davlatida suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilashning yer tuzish va loyihalash ishlari, huquqiy, ekologik va ilmiy-uslubiy yondashuvlar tahlil qilingan. O‘zbekistondagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, yer tuzish va loyihalash sohasidagi tajribalar xalqaro standartlar bilan qiyosiy o‘rganilgan. Daryo ekotizimlarini monitoring qilishning zamonaviy usullari, jumladan GIS, distansion zondlash, bioindikatorli baholash va integral suv sifati indekslarining qo‘llanilishi tahlil etilgan. Ilmiy muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar bayon qilingan.
Mualliflar
Mengliqulov Erkin Eshdavlatovich
Ish joyi: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Tahririyat boshlig'i