SUG‘ORILADIGAN YER MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION USULLARNI QO‘LLASH
Annotatsiya
Bugungi raqamli davrda dasturiy ta’minotlar barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham strategik ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy agrotexnologiyalar, geoaxborot tizimlari va sun’iy intellekt yechimlari qishloq xo‘jaligida resurslarni tejash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, axborot tizimlarini integratsiyalash va ko‘p maqsadli ekin maydonlari bazasini yaratish orqali yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Mualliflar
Turayev Ruhiddin Amirqulovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlari doktori, professor
Ish joyi: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Bosh direktor
Inamov Bekzod Nizamovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: Bosh direktor o'rinbosari