O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TOL (SALIX SPP.) ZARARKUNANDALARINING BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida tol (Salix spp.) daraxtlarining asosiy zararkunandalari, ularning bioekologik rivojlanish xususiyatlari va populyatsiya dinamikasiga ekologik omillarning ta’siri o‘rganildi. Dala va laboratoriya sharoitida 2022-2024-yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalish areali, zararlanish darajasi hamda tabiiy kushandalari aniqlangan. Asosiy zararkunandalarga qarshi agrotexnik, biologik, mikrobiologik va kimyoviy usullar uyg‘unlashgan holda qo‘llanilib, samarali integratsiyalashgan himoya tizimi ishlab chiqildi. Zararkunandalarning ko‘payishi va tarqalishini oldindan bashorat qilish uchun matematik prognoz modeli tuzildi. Tadqiqot natijalari tolzorlarni himoya qilishda ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali choralarni qo‘llash imkonini berdi.
Mualliflar
To‘laboyev Bobir Anorboy o‘g‘li
Ish joyi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Lavozimi: mustaqil tadqiqotchi