O‘RMON XO‘JALIGI YERLARINI O‘RGANISHDA XORIJIY TAJRIBALARNI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda o‘rmon xo‘jaligi yerlarini boshqarish, monitoring qilish va ularni samarali foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Rivojlangan davlatlarda o‘rmon resurslarini nazorat qilishda raqamli texnologiyalar, masofaviy zondlash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dronlar va geografik axborot tizimlaridan (GAT) keng foydalanilmoqda. Ushbu maqolada Finlyandiya, Kanada, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya misolida o‘rmon xo‘jaligi yerlarini boshqarish tizimi tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 


Mualliflar