SHAHAR YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH HAMDA MA’LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya

Hozirgi rivojlangan texnika davrida har bir sohaga raqamli texnologiya va dasturlarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishilmoqda. Ushbu maqolada hududiy yer axborot tizimlarining maqsadi hududiy boshqaruv masalalarini hal qilishda hukumat tuzilmalarini axborot bilan ta’minlash (hududning tuzilishi, undagi obyektlarning aniq joylashuvi va ularning fazoviy munosabatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar). Shu bilan bir qatorda shahar yerlaridan foydalanishni baholash hamda ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion, ekologik holatlarini inobatga olgan holda baholanishi zarurligi va baholash uslublarini qo‘llash asosida shahar yerlaridan foydalanishning samaradorligini oshirishning umumlashtirilgan imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, hududda sodir bo‘layotgan turli jarayonlar va hodisalar, bu bizga turli hududlarni boshqarishni axborot bilan ta’minlash masalalarini zamonaviy darajada hal qilish imkonini berishi ochib berilgan.  


Mualliflar