CHO‘L MINTAQASI O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARNING EKOLOGIK-BIOLOGIK HOLATI

Annotatsiya

Maqolada cho‘l mintaqasi o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning ekologik-biologik holatini tahlil qilish natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan. Cho‘l hududida tarqalgan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar biologik faolligining mavsumiy dinamikasi bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra, eng yuqori biologik faollik asosan bahorda kuzatilgan. Buning sababi esa bu vaqtda biologik jarayonlarning sodir bo‘lishi uchun qulay gidrotermik sharoitlarning va ozuqa moddalarining mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, tuproqlarning umumiy biologik faolligining o‘zgarishi gumus va oziqa elementlari miqdoriga, mexanik tarkibga, sug‘orish davri va sho‘rlanish darajasiga bog‘liqligi aniqlandi. Shunday qilib, natijalar tuproq biologik faolligining integral ko‘rsatkichidan hududiy tuproqlarning tashqi ta’sirlarga munosabatini, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashda keng qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.


Mualliflar