QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINING ME’YORIY QIYMATI ASOSIDA MAHSULOT YETISHTIRUVCHI KORXONALAR REJASINI BELGILASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ekin dalalaridan olinadigan hosilning rejasi har yili davlat tomonidan maxsus Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadi. Yer kadastri ishlarida qishloq xo‘jaligi yerlarida ekin dalalarining normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha vazivasi mavjud. Ahamiyatlisi shundaki, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlashga har bir ekin turi bo‘yicha olinadigan hosilning yerning xususiyatlari asosida aniqlash bo‘yicha mezon ishlab chiqilgan. Ammo bu mezon hukumat tomonidan fermer xo‘jaliklariga belgalangan xosildorlik rejalarini qo‘yishda hisobga olinmaydi. Shu sababdan ham ushbu maqolada davlat tomnidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahsulot yetishtirishdagi qo‘yilayotgan hosildorlik rejasini mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarida ekinlarning normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha mezon asosida shakllantirish taklif etilgan.
Mualliflar
Turayev Ruhiddin Amirqulovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlari doktori, professor
Ish joyi: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Bosh direktor
S.B.Gaibberdiyev
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: 1-bosqich tayanch doktarant
Ish joyi: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti