QASHQADARYO VILOYATI AHOLI YASHASH PUNKTLARINI KOSMIK SURATLAR YORDAMIDA TAHLIL QILISH

Annotatsiya

Kosmik tasvirlarni tahlil qilish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda bajariladigan vazifa bu yuklangan rastr ma’lumotlarini yaxlitlashtirish hisoblanadi. Yaxlitlash jarayoni GAT tilida “mozayka” deb nomlanadi. Bu jarayon orqali 6 ta kosmik tasvirlar majmuasini o‘z kanallariga muvofiq ravishda bog‘lab (yopishtirib) beradi. bu jarayon ikkita kanal uchun takrorlanadi. Bu jarayon “NIR” va “SWIR” kanallari uchun bajariladi. Ushbu jarayon GAT dasturlarining uskunalar paneli orqali topiladi va ishga tushiriladi.

Mualliflar