CHO‘L MINTAQASI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK XOSSALARINI GAT ASOSIDA TAHLIL QILISH

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning agrofizikaviy xususiyatlarini aniqlash va olingan natijalarni GAT asosida tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir tuproq ayirmalari o‘ziga xos agrofizikaviy xususiyatlarga ega. Xaritalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra: QQDITI xo‘jaligi tuproqlarini hajm og‘irligi bo‘yicha - o‘rtacha zichlashgan va kam zichlashgan, solishtirma og‘irligi qiymati bo‘yicha - o‘rtachadan past, g‘ovaklik qiymati bo‘yicha - o‘rtacha va qoniqarsiz deb baholangan.

Mualliflar