O‘zbekiston respublikasi sharoitida lub tolalari yetishtirish agrotexnologiyasi va ularni qayta ishlash texnologiyalari asoslari
Annotatsiya
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatining asosiy tabiiy xom ashyolaridan biri bo‘lgan lub (zig‘ir tolalilar) tolalari oilasiga kiruvchi o‘simliklarni O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitida yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari haqida so‘z yuritilgan. Bugungi kunda to‘qimachilik sanoatini xom ashyo bazasini kengaytirish, ular asosida to‘qimachilik sanoati mahsulotlari assortimentlarini ko‘paytirish, yangi, jahon bozori talablariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun respublikamizda lub tolalari oilasiga kiruvchi o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlashning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish bo‘yicha fundamental loyihalarni bajarish bugungi kunning talabi hisoblanadi. Ushbu loyihalarni bajarilishi natijasida respublikamiz sharoitida lub tolalilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar turi aniqlanadi, ularni yetishtirish agrotexnologiyalari va qayta ishlash texnologiyalarining asoslari ishlab chiqiladi
Mualliflar
O.A.Axunbabayev
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika fanlari doktori
Ish joyi: O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy -tadqiqot instituti
Sh.X.Muxamadrasulov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Falsafa texnika fanlari doktori
Ish joyi: O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy -tadqiqot instituti