O‘ta ertagi tarvuz hosili olishga yaroqli istiqbolli duragaylar tavsifi

Annotatsiya

Maqolada vaqtinchalik plyonka bilan himoyalangan maydonlar sharoitida tarvuz nav-duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi, hosildorligi va meva sifatini o‘rganish yakunlari keltirilgan. Eng yuqori (159.6-196.4s/ga) ertagi hosil, sifatli 7,0 -7,6% qantdorlik bilan tarvuz Montana F1, Talisman F1, Dolby F1, Hollar F1, Super crimson F1 geterozisli duragaylaridan olingani qayd etilgan

Mualliflar