Maymunjon-O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitlari uchun istiqbolli va shifobaxsh rezavor meva

Annotatsiya

Ushbu maqolada maymunjon o‘simligining biokimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va uni O‘zbekiston tuproq-iqlimi sharoitida yetishtirish istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba uchun maymunjonning respublikamizga introduksiya qilingan Natchez, Karakablek, Chachanska bestrna, Chester tornless, Lox Ness, Lox tey, Tornfri navlari olingan. Maymunjon navlari Toshkent viloyati va Andijon viloyati sharoitlarida o‘stirilgan. Ushbu navlarning ko‘chatlarini yetishtirishning samarali usullari bayon etilgan. Tajribalar asosida respublikada maymunjonni sanoat asosida yetishtirish istiqbolli ekanligi ko‘rsatib berilgan

Mualliflar