Tog', tog'oldi yaylov yerlari tuproqlarining unumdorlik holati va ulardan samarali foydalanish yo'llari
Annotatsiya
Amaliyotda umumqabul qilingan uslubiyotlarga asosan, sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning
unumdorligi baholanadi, ular asosda agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi. Lekin, bugungi kun talabi yaylov yerlaridan ham samrali foydalanishni taqoza etmoqda. Bu borada yaylov yerlari tuproqlarining unumdorligini baholashga qaratilgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilmagan. Ushbu holat yaylov yerlarining unumdorligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘qligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda “Yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Bunda asosiy e’tibor, respublikamizning tog‘, tog‘oldi va cho‘l yaylov yerlari tuproqlarining
unumdorlik holati o‘rganilganda, sug‘oriladigan va lalmi erlar kabi maqbul xossa-xususiyatga ega ekanligi, kadastr baholash guruhiga ko‘ra esa “ o‘rtachadan past yerlar” va “o‘rtacha yerlar” ekanligini aniqlandi. O‘tkazilgan amaliy tajribalarda tog‘, tog‘oldi va cho‘l yaylov yerlarining tuproq qatlami mavjud bo‘lgan hududlarida suv yig‘ish (“Water-box”) qurilmasi texnologiyasini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini, bog‘, uzumzorlar va o‘rmon-mevali daraxtlarni joylashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish mumkinligi isbotlandi.
Mualliflar
Ruzmetov Maksud Ismoilovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Lavozimi: Direktor maslahatchisi