Tipik bo'z tuproqlar fosfotlari fraksiyaviy tarkibining lalmikor dehqonchilikda o'zgarishi

Annotatsiya

Maqolada Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari fosfatlarining fraksiyaviy tarkibi va ularning lalmikor

dehqonchitikda o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar tipik bo‘z tuproqlar fosfatlarining asosiy qismini fosforning mineral birikmalari tashkil etishini ko‘rsatdi. Mineral fosfatlar tarkibida yuqori asosli fosfatlar ustunlik qiladi. Turli asosli fosfatlar miqdori yuqori asosli fosfatlar miqdoridan ancha kam bo‘lib, bo‘sh bog‘langan fosfatlar miqdoridan yuqori. Qo‘riq tipik bo‘z tuproqlardan lalmikor dehqonchilikda foydalanish tuproqda yuqori asosli kalsiy fosfatlari miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi, faqat ular miqdorining ko‘payish tendensiyasi kuzatildi. Bo‘sh bog‘langan

(Sa-PI) va turli asosli (Sa-PII) fosfatlar miqdorlari esa sezilarli darajada ko‘payishiga olib keldi.

Mualliflar