YAYLOV YERLARIDA GEOBOTANIK TADQIQOTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada yaylov va pichanzor yerlarida geobotanik tadqiqotlarni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ananaviy usul va “GeoPasture” mobil ilovasi asosidagi yondashuv taqqoslab tahlil qilindi. Natijada raqamli usul dala ishlarining samaradorligini oshirishi, vaqt va ishchi kuchi sarfini kamaytirishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirishi aniqlandi. Xususan, 50 ming gektar yaylov hududini o‘rganish muddati 28-35 kundan 18-20 kungacha qisqarishi, bir mutaxassisga to‘g‘ri keladigan maydon esa 4166,7 gektardan 7142,9 gektargacha oshishi qayd etildi. Olingan natijalar yaylov resurslarini oqilona boshqarishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Mualliflar
O.O. G‘aniyev
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo‘jalig‘i fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI