TUMAN YER TUZISH CHIZMASI LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHDA YER HISOBI NATIJALARINI QO‘LLASH AFZALLIKLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tuman yer tuzish chizmasi loyihalarini ishlab chiqishda yer hisobi natijalaridan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Yer hisobi ma’lumotlarining hududning yer fondi tarkibi, yer toifalari, yer turlari hamda yerlardan foydalanish holatini aniqlashdagi o‘rni yoritilib, ushbu ma’lumotlardan loyiha yechimlarini asoslashda foydalanishning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish hamda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanilgan. Natijada yer hisobi ma’lumotlarini tuman yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish jarayoniga kompleks integratsiya qilish loyiha qarorlarining aniqligi va ishonchliligini oshirishi, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashi hamda hududlarni istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha asoslangan rejalashtirishni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, yer hisobi natijalaridan samarali foydalanish yer fondini boshqarish tizimini takomillashtirish, yer resurslarining iqtisodiy va ekologik samaradorligini oshirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirish uchun muhim axborot manbai ekanligi xulosa qilingan.
Mualliflar
Q.M.Xojiyev
Ish joyi: O'zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti
R.N.Sharopov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: tayanch doktorant (PhD)
Ish joyi: O'zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti
Zaripboyeva Maftuna Umidjon qizi
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI