SUGʻORILADIGAN OʻTLOQI TUPROQLARNING SHOʻRLANISH VA SHOʻRTOBLANISH DARAJASINING SUVGA CHIDAMLI AGREGATLAR BARQARORLIGIGA TAʼSIRI

Annotatsiya

Maqolada Sirdaryo viloyatining sugʻoriladigan oʻtloqi tuproqlari misolida shoʻrlanish va shoʻrtoblanish darajasining suvga chidamli agregatlar barqarorligiga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, suv tanqisligi sharoitida singdirilgan natriy miqdorining ortishi tuproq agregatlarining kuchli dispergatsiyasiga olib keladi. Natriy miqdori 35,67% ga yetganda suvga chidamli agregatlar (>0,25 mm) ulushi minimal (2,15%) darajaga tushishi aniqlangan.

Mualliflar