SANOAT KORXONALARINING ATROF-MUHIT VA BIOLOGIK RESURSLARGA TA’SIRINI KOMPLEKS BAHOLASH

Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari faoliyatining atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq qoplami, daraxt-buta o‘simliklari va biologik resurslar holatiga ta’siri kompleks baholandi. Tadqiqot dala kuzatuvlari, laboratoriya tahlillari, GAT asosida xaritalash, masofaviy zondlash indekslari va qiyosiy-statistik baholashga tayanadi. Natijalar statsionar chiqindi manbalari sonining ortishi texnogen bosimni kuchaytirib, hududga moslashtirilgan ekologik monitoring tizimini talab qilishini ko‘rsatdi. Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hududi ifloslanish, xlorofill miqdori, daraxtlar fiziologik holati va bioakkumulyatsiya jarayonlari o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilindi.

Mualliflar