SAMARQAND VILOYATIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING LANDSHAFT-EKOLOGIK ASOSLARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Samarqand viloyatida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining hududiy tarkibi, landshaftekologik xususiyatlari, bioxilma-xillikni saqlashdagi o‘rni hamda ekologik karkasni takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilindi. Tahlil natijasida Samarqand viloyatida tog‘ va tog‘oldi hududlari nisbatan yaxshi saqlangan ekologik yadrolarni tashkil etishi, Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryo tizimlari ekologik koridor vazifasini bajarishi, biroq vodiy, to‘qay va ayrim antropogen bosim kuchli bo‘lgan hududlarda muhofaza etish tarmog‘ini kengaytirish zarurligi aniqlandi. Viloyatda mavjud noyob buloqlar, qadimiy daraxtlar, geologik va geomorfologik obyektlar ekologik karkasning nuqtali elementlari sifatida alohida muhofaza maqomiga tavsiya etildi.

Mualliflar