QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI JOYLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi obyektlarini joylashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, hududiy tashkil etish tamoyillari hamda unga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil qilingan. Qishloq xo‘jaligi obyektlarini samarali joylashtirishda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-logistika imkoniyatlari, mehnat resurslari mavjudligi, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda mahsulotni qayta ishlash va sotish imkoniyatlarini hisobga olishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar, geografik axborot tizimlari (GIS), sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va elektron monitoring vositalaridan foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi obyektlarini optimal joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va hududiy rivojlanishni ta’minlashda ilmiy asoslangan joylashtirish yondashuvlarining ahamiyati asoslangan.
Mualliflar
B.N. Inamov
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” DILI
Исматов Шохназар Турдимуродович
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI