QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNING TOIFASINI OʻZGARTIRISH UCHUN ISHLANADIGAN YER TUZISH LOYIHALARI, ULARDA HAL QILINADIGAN MASALALAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning yer fondi toifalarini o‘zgartirish uchun ishlab chiqiladigan yer tuzish loyihalarining nazariy va uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyati hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, aholi sonining o‘sishi bilan aholi punktlari va noqishloq xo‘jalik yerlari maydonlarining kengayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsion-regression tahlillar asosida baholangan. Shuningdek, yer toifalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq yer tuzish loyihalarida hal qilinadigan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy masalalar yoritilib, yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mualliflar
Usmonov Jasur Ziyadullayevich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori
Ish joyi: Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Lavozimi: Boshqarma boshlig‘i
Xolov Nizomjon Muhiddinovich
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti