O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER RESURSLARI MONITORINGI VA YER FONDI TOIFALARINING GEOFAZOVIY TRANSFORMASIYASI TAHLILI (1990 - 2026 YY. VA QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 1990–2026-yillar oralig‘ida yer resurslarini boshqarish tizimining evolyutsiyasi, yer fondi toifalarining geofazoviy transformasiyasi hamda Qashqadaryo viloyati misolida ularning hududiy-tarkibiy tahlili ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida sof ekstensiv agrar modeldan ekologik muvozanatni saqlash, degradatsiyaning oldini olish va raqamli geodezik monitoringga asoslangan geofazoviy boshqaruv tizimiga o‘tish tendensiyalari ochib berilgan. Shuningdek, respublika bo‘yicha yer fondi toifalarining ko‘p yillik o‘zgarish dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi yerlarining o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan hududlarga re-kategorizatsiya qilinish sabablari asoslab berilgan. Qashqadaryo viloyatining 2026-yil 1-yanvar holatidagi yer kadastri ma’lumotlari asosida tumanlar kesimidagi agrar, sanoat-energetika va ekologik ixtisoslashuvlar aniqlangan. Maqola yakunida yer resurslarini raqamli texnologiyalar (masofadan zondlash) yordamida monitoring qilish, tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish va zaxira yerlarini iqtisodiy oborotga kiritish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mualliflar
M.T. Abdullayeva
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” DILI