OHANGARON DARYO HAVZASIDAGI TUPROQLARNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISHIGA HUDUDDAGI SANOAT KORXONALARINING TA’SIRI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida Ohangaron daryosi havzasidagi 15 ta turli uchastkalarda tuproqning ogʻir metallar bilan ifloslanishi baholandi. Har bir uchastka uchun bir qator elementlarning tuproq konsentratsiyasi va ularning ruxsat etilgan maksimal miqdordan (REM) ortiqligi aniqlandi. Qiyosiy tahlillar asosida texnogen ifloslanish darajasi yuqori, o‘rtacha va past bo‘lgan zonalar aniqlandi. Olingan natijalar mintaqada tuproq sifatining fazaviy jihatdan sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatadi va eng muammoli hududlarda ifloslanishni nazorat qilish hamda, kamaytirish choralarini ko‘rish zarurligini belgilaydi.

Mualliflar