DARYOLARNING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONASI YERLARIDA YER TUZISH LOYIHALARINING IJTIMOIY-IQTISODIY, TASHKILIY XO‘JALIK, TEXNIKTEXNOLOGIK VA EKOLOGIK SAMARADORLIGI

Annotatsiya

Maqolada Ugam va Oqsoqota daryolarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer tuzish loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-xo‘jalik, texnik-texnologik va ekologik samaradorligini kompleks baholashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Yer maydonlarining foydalanishda bo‘lgan va zaxira holati raqamli relyef modeli bilan uyg‘unlashtirilib, qiyalik darajasi bo‘yicha fazoviy tahlil qilish usuli taklif etilgan. ArcGIS Pro texnologiyalari asosida yerdan foydalanishni funksional zonalashtirish va ekologik jihatdan maqbul yer tuzish qarorlarini asoslash imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Mualliflar