YER TUZISH CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Annotatsiya

Maqolada yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish bo‘yicha to‘rtta xorijiy mamlakat: AQSH, Germaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya tajribasi tahlil qilingan. Yer tuzish jarayonlarini tashkil etishning huquqiy, institusional va texnologik jihatlari, shuningdek, yerdan oqilona foydalanishga doir yondashuvlarning asosiy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv hamda statistik va ilmiy ma’lumotlarning mazmunini tahlil qilish usullari qo‘llanilgan. Olingan natijalar yerlarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliyotlarni aniqlash va xorijiy tajribani respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish imkonini bergan. Maqolada hududlarning barqaror rivojlanishiga erishish uchun innovatsion yondashuv va texnologiyalarni integratsiyalash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan. 


Mualliflar