GEOMETRIK NIVELIRLASH ASOSIDA “TUYAMO‘YIN” GIDROLOGIK STANSIYASINING NUQTALARI ORASIDAGI NISBIY BALANDLIK FARQLARINI ANIQLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Tuyamo‘yin” gidrologik stansiyasi hududida o‘tkazilgan IV-sinf nivelirlash natijalari keltirilgan. AT-32 optik niveliri va shashkali reyka yordamida o‘lchovlar metodikasi qisqacha tavsiflangan. Gidrometeorologiya xizmati bosh boshqarmasining ma’lumotlari va reper qiymatlarining suv balansi hajmini hisoblash jarayonidagi o‘rni ta’kidlab o‘tiladi. Nivelir yordamida gidrologik postining reperlari va suv o‘lchov reyka orasidagi nisbiy balandliklar o‘lchandi. Asosiy, ishchi va nazorat reperlarining balandliklari suv sathiga nisbatan hisoblab chiqildi. Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan reperining nol punkt balandligi aniqlashtirildi va nazorat qilish maqsadida geodezik o‘lchovlarni o‘tkazish taklif etiladi.
Mualliflar
Mirmaxmudov Erkin Rahimjonovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Geografiya fanlar doktori, professor
Ish joyi: O‘zbekiston Milliy universiteti
Adambayev Alisher Ravshanbek o‘g‘li
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Doktorant
Ish joyi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Allanazarov Doniyor
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Doktorant
Ish joyi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti