YAYLOVLARDA GEOBOTANIK TADQIQOTLAR O‘TKAZISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Pop tumani Pop davlat o‘rmon xo‘jaligi yaylov va pichanzorlarda olib borilgan geobotanik tadqiqotlar natijalarining qisqacha tahlili bayon qilingan. Tadqiqotlarda Pop davlat o‘rmon xo‘jaligi uchun 1 : 25 000 masshtabli yaylov geobotanik va suv bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha elektron raqamli xaritalari yaratilgan. Bunda muallif tomonidan mazkur hudud yaylov va pichanzorlarining o‘simlik qoplami, bugungi kundagi holati baholangan, Shuningdek, ushbu hududda aniqlangan degradatsiyaga uchragan maydonlarni yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Mualliflar
O.O. G‘aniyev
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: 1-bosqich tayanch doktorant