QISHLOQ XO‘JALIGI BILAN SHUGʻULLANUVCHI TUMANLARNING YER TUZISH CHIZMALARINI ISHLAB CHIQISH ZARURATI, TARTIBI, TAMOYILI VA BOSQICHLARI
Annotatsiya
Maqolada qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish dolzarbligi, yer tuzish chizmasining tarkibiy qismlari va asosiy mazmuni, chizmani ishlab chiqish tartibi, tamoyili va loyiha ishlarining asosiy bosqichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqishda yerdan foydalanuvchilar, mahalliy aholi va keng jamoatchilik fikri va talablarini inobatga olish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlikka erishish, tumanning tabiiy agrolandshaftini saqlash hamda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini inobga olgan holda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Mualliflar
K.M. Khaitova
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti