TURLI MINTAQA TUPROQLARI SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINGDIRILGAN ASOSLAR TARKIBIGA OID MULOHAZALAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘z va cho‘l mintaqalar tuproqlari singdirish sig‘imi va singdirilgan asoslar tarkibiga oid tadqiqotlar natijalari ilmiy mushohada qilingan. Shuningdek, mazkur maqolada Navoiy viloyati Konimex tumani “Madaniyat” massivi tuproqlaridagi singdirilgan asoslar yig‘indisi hamda tuproqlar singdirish kompleksidagi almashinuvchi kationlarning (Ca+, Mg++, K+, Na+ ) miqdorlari keltirilgan. Qumli cho‘l, sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir va sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarining hozirgi holati tavsiflangan.
Mualliflar
Ruzmetov Maksud Ismoilovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Lavozimi: Direktor maslahatchisi
Parpiyev G‘ofurjon Toxirovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Bosh direktor o‘rinbosari
N.A. Qilichova
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Lavozimi: Tadqiqotchi