CHIRCHIQ DARYOSI HAVZASI JIGARRANG TUPROQLARINING HOZIRGI HOLATI
Annotatsiya
Maqolada Chirchiq daryosi havzasi tipik va karbonatli jigarrang tuproqlarning hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijalari havza jigarrang tuproqlarida karbonatli akkumulyativ gorizontning joylashish chuqurligi qiyalik ekspozitsiyasiga bog‘liq ekanligi, tipik jigarrang tuproqlarda karbonatlar karbonatli tuproqlarga nisbatan chuqur yuvilganligini hamda karbonatli akkumulyativ gorizontlarda loylanish jarayonlari kechayotganligini ko‘rsatdi. Gumusning eng ko‘p miqdori shimoliy ekspozitsiyada rivojlangan tipik jigarrang tuproqlarga tegishli bo‘lib, karbonatli tuproqlarda shimoliy ekspozitsiya tuproqlari sharqiy va janubiy ekspozitsiya tuproqlariga nisbatan gumusga boy. Janubiy ekspozitsiya tuproqlari esa gumusga eng kambag‘al tuproqlardir.
Mualliflar
A. Jo'rayev
A.J. Boirov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlar nomzodi
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Lavozimi: Katta ilmiy xodim
X.T. Nuriddinova
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlar doktori
Ish joyi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Lavozimi: Katta ilmiy xodim