BIG DATA DAVRIDA FLORISTIK TADQIQOTLAR: O‘ZBEKISTONDAGI HOLATGA TA’SIRI
Annotatsiya
Maqolada biologik xilma-xillik obyektlari bo‘yicha raqamlashtirilgan ma’lumotlarni intensiv ravishda to‘planishi “big data, BD” tushunchasining paydo bo‘lishi, zamonaviy floristika va o‘simliklar geografiyasining rivojlanishida ilmiy gerbariy fondlarining o‘rni yoritilgan. O‘zbekistonda raqamli formatga asoslangan yangi avlod izlanishlari, o‘simliklar xilma-xilligini keng ko‘lamli tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan zamonaviy tadqiqotlar (flora tarkibini to‘r tizimli xaritalash, O‘zbekiston florasining yangi nashrlarini tayyorlash va chop etish) va ularning natijalari keltirilgan.
Mualliflar
K.Sh. Tojiboyev
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
Lavozimi: akademik
F.I. Akbarov
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
Lavozimi: Kichik ilmiy xodim