Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bo‘yicha tajribalar almashishda O‘zbekiston va Koreya hamkorligining dastlabki qadamlari
Annotatsiya
Koreya Respublikasining Qishloq yerlarni rivojlantirish Administratsiyasi (Rural Development Administration) taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi 2022 yilning 16-29 iyul kunlari Koreya Respublikasida o‘quv-amaliy trening dasturlarida qatnashib qaytdilar. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bo‘yicha tajribalar almashishda O‘zbekiston va Koreya hamkorligining dastlabki qadamlari yuzasidan fikr-mulohazalar yoritilgan. Jumladan, Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligini yuritish va agroxizmatlarni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish, ulardan samarali foydalanish, tuproq tahlilini o‘tkazish tizimlari bo‘yicha tajribalarini chuqur o‘rganish asosida moslashtirib, amaliyotga joriy etilishi respublikamiz qishloq xo‘jaligi uchun har tomonlama manfaat keltirishi qisqacha bayon qilingan
Mualliflar
Parpiyev G‘ofurjon Toxirovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Lavozimi: Bosh direktor o‘rinbosari
U.Х. Niyazmetov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
T.X. Shermatov
Ish joyi: Farg'ona davlat universiteti
Lavozimi: 1-bosqich mustaqil izlanuvchi
S.A. Zaynabudinov
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Lavozimi: Tadqiqotchi
O. Jumayev
Sh. Nasirov
A. Jo'rayev