QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN SUG‘ORILADIGAN YERLARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHGA ULAR HISOBINI YURITISHNING TA’SIRI QONUNIYATLARI VA YO‘NALISHLARI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada mamlakatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarning hisobini yuritish, yer hisobining yerlardan foydalanishni tashkil etishga ta’siri, qonuniyatlari va yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maqolada yer hisobi ishlarning natijalari tuman iqtisodiyotini rivojlantirish reja-dasturlarini tuzishda, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida, yerlarning miqdori, sifati, yer turlari va ulardan foydalanish darajasi, o‘zlashtiriladigan yangi yer maydonlarining hisob-kitoblari ishlarida katta ahamiyatga egaligi, bulardan tashqari, yer hisobi hamda yerning qiymati haqidagi ma’lumotlar yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliq stavkalariga asos bo‘lishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Yer hisobini yuritish zaruriyati yer hisobini yer fondi toifalariga, yer turlariga, shuningdek, yerdan foydanuvchilar (barcha huquqlar bo‘yicha) kesimida ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha olib borilishi yoritilgan.
Mualliflar
Xojiyev Kuchkor Mamadiyorovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti