QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA ELEKTR UZATISH INFRATUZILMASINI JOYLASHTIRISHDA SERVITUT BELGILASH VA YER TUZISH LOYIHA ISHLARINI AMALGA OSHIRISH (BO‘KA-PISKENT ELEKTR UZATISH LINIYASI MISOLIDA)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot qishloq xo‘jaligi yerlarida elektr uzatish infratuzilmasini joylashtirishda servitut belgilash va yer tuzish jarayonlarini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqot Bo‘ka tumanidagi 263 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasidan Piskent tumani Do‘nqo‘rg‘on podstansiyasigacha bo‘lgan elektr uzatish liniyasi misolida olib borilgan.
Mualliflar
Sharopov Ramziddin Najmiddinovich
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Ish joyi: “O'zdavyerloyiha" DILI
Lavozimi: Bo'lim boshlig'i
A.G‘. Xamdullayev
Ish joyi: Magistrant