QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI, IRRIGATSIYA SOHALARINI RIVOJLANTIRISH, MEXANIZATSIYALASH DARAJASINI OSHIRISHDA YASHIL IQTISODIYOT PLATFORMASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Ushbu maqola qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini oshirish va irrigatsiya tizimlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida texnik va texnologik taraqqiyot darajasi, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Mexanizatsiyalash jarayonining hosildorlik va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri chuqur o‘rganilib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi bo‘yicha ilmiy yondashuvlar taklif etiladi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarini takomillashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va yangi irrigatsiya texnologiyalarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mualliflar
Sh.B. Temirova
Ish joyi: Namangan davlat universiteti
Lavozimi: 2-bosqich magistrant