YER HISOBI NATIJALARI ANIQLIGINI OSHIRISHGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR

Annotatsiya

Maqolada analitik tahlil va monografik tadqiqot usullariga suyangan holda yer hisobini yuritishda uning natijalari aniqligi va haqqoniyligi o‘ta muhimligi, shuningdek, ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yer hisobini to‘g‘ri va to‘liq yuritishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, ularni bartaraf etgan holda tuzilayotgan yer balansining sifatini oshirish, uning haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.

Mualliflar