TEXNOGEN JARAYONLARNING TABIATGA TA’SIRI VA ILMIY TADQIQOT DAVRIYLIGI

Annotatsiya

Maqolada ladshaftlarga texnogen jarayonlarning ta’siri, ularni vujudga keltiruvchi omillar, insonning hamda ishlab chiqarish korxonalarning texnogen ta’sirlari tahlil qilingan, olingan natijalar asosida insonning tabiatga ta’siri to‘rtta turga ajratilgan holda o‘rganilgan hamda texnogen jarayonlarni ilmiy-nazariy o‘rganilishiga doir tadqiqotlar tarixi bayon etilgan. Shuningdek inson faoliyatining tabiatga ta’siriga ko‘ra 8 ta antropogen landshaftlari turlari ajratilgan hamda insonning atrof-muhitga antropogen ta’sirini oldini olish yuzasidan xulosa va tavsiyalar berilgan.

Mualliflar