Tuproqning texnogen ifloslanishi va uning oqibatlari

Annotatsiya

Qarshi cho‘li hududida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi (MGQIZ) Respublikamizdagi yirik sanoat obyektlaridan biri bo‘lib, vodorod sulfidga boy uglevodorodlardan oltingugurt ajratib olishga mo‘ljallangan. Bu texnologik jarayonlar natijasida atrof-muhitga ko‘p miqdorda H2S hamda SO2 birikmalari chiqindi tariqasida ajralib chiqadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha yog‘in-sochinlar ta’sirida bu birikmalar kislotali yomg‘ir tariqasida tushsa, quruq sharoitda kukun holatda ta’sir etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki tuproq eritmasidagi K+, Na+,Ca++ ionlarining faolligini bilib, o‘lchab yoki hisoblab kaliyli va ohakli potensialini ko‘rish mumkin.

Mualliflar