Raqamli gidromodul rayonlashtirish
Annotatsiya
Maqolada turli iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli va sug‘orish rejimini aniqlash uchun zamonaviy GAT texnologiyalari va fazoviy ma’lumotlardan foydalangan holda sug‘oriladigan yerlarni gidromodulli rayonlashtirish usuli yoritilgan. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy hududining sug‘oriladigan yerlarida sizot suvlari holatini monitoring qilish uchun o‘rnatilgan kuzatuv quduqlari ma’lumotlari asosida sug‘oriladigan yerlarda sizot suvlarining sathiy tarqalishini aniqlash bo‘yicha IDW interpolyasiya usulida sirt yaratish, tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra elektron raqamli kartasini ishlab chiqish orqali gidromodul rayonlashtirish qatlamini hosil qilish vazifalari amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, interpolyasiyalash va gidromodul rayonlashtirish ishlarini amalga oshirishda ArcGIS dasturining funksiyalaridan foydalanildi.
Mualliflar
Mamatkulov Z.J
Ish joyi: "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari" instituti Milliy tadqiqot universiteti
Lavozimi: Mustaqil tadqiqotchi
M.X. Xamidov
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori
Ish joyi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"milliy tadqiqot universiteti.
Lavozimi: Professor
B.N. Inamov
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” DILI