Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligini optimallashtirishning ekologik-geografik jihatlari

Annotatsiya

Qashqadaryo viloyatining tabiiy gegrafik xususiyatlarini qishloq xo‘jalikni optimallashtirish 

maqsadlarida o‘rganish, viloyat hududi landshaftlarining tabiiy salohiyatini baholash va antropogen ta’sir natijasida o‘zgarishini maqsadga muvofiq tashkil etish muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan. Qashqadaryo vohasining sug‘oriladigan yerlarida tabiatdan foydala-nishni optimallashtirish, landshaftlarni tiklash uchun tabiatni muhofazalovchi va meliorativ tadbirlarni kuchaytirish talab etiladi. Maqolada qishloq xo`jaligini rivojlantirish maqsadida hududlarda shakllanadigan agrolanshaftlarda tabiiy va antropogen resurslardan foydalanishni optimallashtirish, ekologik muvozanat va ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari bayon etilgan.

Mualliflar