O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH, SOG‘LOMLASHTIRISH VA REKREATSIYA MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR TARKIBI VA ULARNING BARQAROR RIVOJLANISHDAGI O‘RNI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish hamda rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi va tuzilishi batafsil yoritilgan. Mazkur yerlarning respublika hududlari, jumladan viloyatlar kesimida taqsimlanishi tahlil qilinib, ularning milliy yer fondi tarkibidagi funksional o‘rni va ulardan foydalanish xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu toifadagi yerlarning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli, aholi salomatligini mustahkamlashdagi ijtimoiy ahamiyati hamda hududlarni barqaror rivojlantirishdagi iqtisodiy samaradorligi har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari tabiatni muhofaza qilish va rekreatsiya hududlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.


Mualliflar