ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА МЕДИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКУЮ СИТУАЦИЮ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

Annotatsiya

Maqolada Buxoro viloyatining tabiiy geografik va ekologik sharoitlari hamda ularning aholi salomatligiga ta’siri tahlil qilingan. Hududning geografik joylashuvi, relyefi, iqlim xususiyatlari, suv resurslari, tuproqlari va o‘simlik qoplami ko‘rib chiqilgan. 2017–2024 yillar davomida Buxoro shahri atmosferasi holati va havoning o‘rtacha yillik ifloslanish darajasiga sharh berilgan bo‘lib, uglerod dioksidi, azot dioksidi, azot oksidlari, oltingugurt, fenol va ammiak konsentratsiyalari qamrab olingan. Iqlimiy va antropogen omillarning respirator, yurak-qon tomir va allergik kasalliklarning takrorlanish davriyligi ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar hozirgi ekologik holatni baholash hamda aholi salomatligini yaxshilash va tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.


Mualliflar