SHAHARLAR KENGAYISHINI TADQIQ QILISHDA GAT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Shaharsozlik sohasida GAT texnologiyalari keng qo‘llanmoqda. Shaharlarni kengaytirishda aholining o‘sishi, transport vositalarining ko‘payishi, ekologik muammolar va infratuzilma yuklamasining oshishi kabi masalalarni hal etish uchun aniq va dinamik rejalashtirishda Geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda GAT texnologiyalari dasturiy taʼminotidan olingan maʼlumotlarni shaharlarni kengaytirishga bajariladigan ishlarni shahar ekologiyasini yaxshilash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan. Maqola shaharsozlik va ekologiya sohalari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mualliflar
Gulov Shohruh Muxiddin o‘g‘li
Ish joyi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Lavozimi: O‘qituvchi
Abdukarimov Maxsud Miraz o‘g‘li
Ish joyi: Alfraganus University
Lavozimi: O‘qituvchi
Abduvaxobov Abduazim Abduxamid o‘g‘li
Ish joyi: Alfraganus University
Lavozimi: talaba