Geografik axborot tizimi dasturiy ta’minotida qayta koʻrib chiqilgan universal tuproq yoʻqotish tenglamasida (rusle) r (yogʻingarchilik) omilini aniqlash
Annotatsiya
Yomg‘ir oqimining erozivlik omili (R-Factor) yomg‘ir tomchilari ta’sirining miqdorini belgilaydi va yomg‘ir bilan bog‘liq oqim miqdori va tezligini aks ettiradi. R-omil eroziyaning yillik sur’atlarini baholash uchun qayta ko‘rib chiqilgan yagona tuproq yo‘qotish tenglamasi (RUSLE) tomonidan qoʻllaniladigan parametrlardan biridir.
Tadqiq qilinadigan hudud uchun potentsial oʻrtacha yillik tuproq yoʻqotilishi RUSLE asosida aniqlandi. Qayta koʻrib chiqilgan universal tuproq yoʻqotish tenglamasi (RUSLE-Revised Universal Soil Loss Equation) bugungi kunda eroziyani baholash va nazorat qilish uchun dunyo miqyosida qoʻllanilayotgan eng mashhur empirik model hisoblanadi. Masofadan zondlash (MZ) va geografik axborot tizimi (GAT) texnologiyasi talab qilinadigan ma’lumotlar miqdori va katta hududni qamrab olganligi sababli eroziyani kengroq miqyosda baholashda muhim vositaga aylandi. Ushbu Qashqadaryo viloyati togʻ va togʻoldi tumanlari(Qamashi,Yakkabogʻ,Shahrisabz va Kitob)da oʻrtacha uzoq muddatli yogʻingarchilik ma’lumotlari bilan RUSLE tenglamasining muhim elementlaridan biri boʻlgan R(rainfall-yog’ingarchilik) omili masofadan zondlash va GAT texnologiyalari yordamida aniqlandi
Mualliflar
Oymatov R.K
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Texnika falsafa fanlari doktori PhD
Ish joyi: "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari" instituti Milliy tadqiqot universiteti
M.B. Baxriyev
Ish joyi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Lavozimi: 2-bosqich tayanch doktorant