Raqamli va animatsion migratsiya kartalar va ularni yaratishning umumiy texnologik sxemasi

Annotatsiya

Kartalashtirishning zamonaviy metodlarining taraqqiyoti bevosita geografik axborot tizimlari va texnologiyalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. GAT texnologiyalarining aholi kartografiyasi sohasida qo‘llanilishi natijasida bir qancha engilliklarga erishish haqida nazariy asoslangan va ish hajmining keskin o‘zgarishiga hamda bajarilayotgan ishlar natijasidagi maxsulotlar dizaynini yaxshilanishi va aniqlik darajasi oshishiga olib keladi. Ushbu maqolada, GAT texnologiyalarida kartalarni tuzishda ma’lumotlar bazasini yaratish, aerokosmik va boshqa manbaalardan olingan ma’lumotlar orqali joylardagi o‘zgarishlarni operativ aniqlash, monitoringini olib borish, GAT texnologiyalari dasturlaridan foydalangan holda, demografik raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish va ular asosida seriyali kartalar mazmunini boyitish hamda GAT texnologiyalaridan foydalanib aholi kartalarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratiladi. Kartografiya va geoinformatikaga tegishli ilmiy amaliy tadqiqotlarning rivojlanishi fanga yangi tushunchalar va yangi turdagi kartalar kirib keldi. Ularga misol sifatida raqamli, elektron va animatsion kartalarni keltirish mumkin.

Mualliflar