Dehqonobod tumanining degradatsiyaga uchragan yaylovlarini qayta tiklash
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida BMT Taraqqiyot Dasturi-GEFning “Dunyo miqyosida muhim biologik xilma-xillik turlari uchun muhim bo‘lgan tog‘li mintaqalarda tabiiy resurslar va o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish” loyihasi doirasida 2021 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari tavsiflangan. Bunda asosiy e’tibor, mazkur tumanining degradatsiyaga uchragan maydonlari aniqlanib, ushbu xududlarda yuqori hosilli yaylov agrofitotsenozlarini barpo qilish orqali bioxilma xillikni saqlash hamda yaylovlar hosildorligini oshirish uchun tanlab olingan istiqbolli ozuqabop yaylov o‘simliklarini kuzatish natijalari qisqacha bayon qilingan.
Mualliflar
M.N. Norqulov
Ish joyi: “O‘zdavyerloyiha” DILI
Lavozimi: 3-bosqich mustaqil izlanuvchi